Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning Turkmanistonga tashrifi yakunlandi

Prezidentning Turkmanistonga tashrifi yakunlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ashxobod shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.

Davlatimiz rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni va 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi hamda nutq so‘zladi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Prezident Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Delegatsiyalar rahbarlari tashrif doirasida Ashxoboddagi yangilangan Betaraflik majmuasiga ham tashrif buyurdilar.

Tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Xojamirat Geldimiradov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring