Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva poytaxtda muhim loyiha boshlanganini e’lon qildi

Saida Mirziyoyeva poytaxtda muhim loyiha boshlanganini e’lon qildi

Foto: Saida Mirziyoyevaning telegram kanali

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva davlat rahbarining transport tizimini modernizatsiya qilishga oid qarori ijrosi doirasida amaliy ishlar boshlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur qarorni hayotga tatbiq etish maqsadida maxsus tashkil etilgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazida Toshkent shahridagi tirbandliklarni kamaytirish, ekologik holatni yaxshilash hamda jamoat transporti ustidan nazoratni kuchaytirish masalalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilgan.

Taqdim etilgan hisobotlarga ko‘ra, yaqin kunlarda poytaxtda “aqlli” svetoforlar o‘rnatish, yo‘llarga xalqaro standartlarga mos chiziqlar tortish hamda avtoturargohlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanadi.

Saida Mirziyoyeva shahar hokimi boshchiligidagi jamoa qaror ijrosini to‘laqonli ta’minlash uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishiga umid bildirgan. Shuningdek, u loyihaning bajarilishini shaxsan nazorat qilib borishini ta’kidlagan.

Ma’lum qilinishicha, poytaxt uchun o‘ta muhim bo‘lgan ushbu loyiha transport tizimini yanada samarali va xavfsiz qilishga qaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring