Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

San’at va madaniyat maktablarida o‘qish va yashash xarajatlari to‘liq budjetdan qoplanadi

San’at va madaniyat maktablarida o‘qish va yashash xarajatlari to‘liq budjetdan qoplanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Madaniyat ta’limi muassasalari rivojlantiriladi.

«Madaniyat va san’at sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–150-son, 21.04.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan Respublika musiqa va san’at texnikumi hamda Respublika estrada va sirk texnikumida:

- 2 yillik boshlang‘ich kasbiy ta’lim, 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘rta kasbiy ta’lim hamda kamida 2 yillik o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari asosida o‘qitish tizimi joriy etiladi;

- bakalavriat ta’lim dasturlari bilan integratsiyalashtirilgan «2+2» dasturlari asosida o‘qitishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, 2026/2027 o‘quv yilidan Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablarida:

-o‘quvchilar musiqa yo‘nalishida 5-sinfdan hamda raqs, teatr, xalq ijodiyoti, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarida 9-sinfdan boshlab qabul qilinadi;

- maktab-internatlar uchun belgilangan amaldagi normalar tatbiq etiladi, jumladan, maktab o‘quvchilarining ta’lim olish va yashash xarajatlari to‘liq Davlat budjeti hisobidan, ularni ovqatlantirish xarajatlari Davlat budjeti hamda ota-onalar to‘lovi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

- Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning bitiruvchilariga bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

2026-yil 1-iyuldan tajriba tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan «Madaniyat mehmonxonasi» madaniy klasteri investitsiya loyihasi (investitsiya loyihasi) amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring