Shavkat Mirziyoyev Filippin yetakchisiga hamdardlik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidenti Ferdinand Markosga hamdardlik bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Filippin Respublikasi Mindanao orolining janubiy sohillarida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Ferdinand Markosga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada shifo topishini tiladi.
Filippin qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan zilzila 32 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 134 kishi jarohat oldi.
Taxminan 700 000 aholiga ega General Santos shahri eng katta zarar ko‘rdi. Zilzila magnitudasi 7,8 magnitudani tashkil etdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter