Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga tashrifi doirasida VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

“Bishkek-Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan tadbirda ShHT davlatlari rahbarlari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi, jumladan, O‘zbekistondan 141 nafar vakil ishtirok etmoqda. Yurtdoshlarimiz 30 ta sport turi, xususan, kurash, sambo, armrestling, kamondan o‘q otish, ot sporti bo‘yicha bellashadilar.

Ishtirokchilarga ko‘chmanchi xalqlarning boy madaniyati va tarixi, an’ana hamda urf-odatlariga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring