Sovuq qurol uchun yangi jazo va cheklovlar joriy etiladi
O‘zbekistonda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi yanada takomillashtirildi. Bu bo‘yicha O‘RQ–1133-sonli Qonun bilan qator qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan normalarga ko‘ra, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq holda olib yurish uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Agar bunday huquqbuzarlik avval ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilsa, fuqarolarga nisbatan jarima qo‘llanadi.
Yangi tartibga muvofiq, sovuq qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni noqonuniy tarzda olib yurish BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qonun hujjatlarida bunday ashyolardan kasbiy, sport yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish holatlari alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, «Qurol to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.
Xususan, bunday shaxslarning fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish huquqi himoya orderi amal qilgan davrda cheklanadi. Bu holatda qurol va uning o‘q-dorilari ichki ishlar organlari tomonidan olib qo‘yiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter