Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlarga jarimani bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi

Tadbirkorlarga jarimani bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi

Foto: Xabar.uz

Moliyaviy jarimalarni qo‘llash tartibi yanada liberallashtiriladi. 

«Moliyaviy jarimalarni qo‘llash tartibini yanada liberallashtirish va sud nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–138-son, 15.04.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabrdan:

- vakolatli organlarning moliyaviy jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi qarori tadbirkorning tanloviga ko‘ra quyidagi shakllardan birida ixtiyoriy ijro etilishi mumkin:

- vakolatli organning moliyaviy jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi qarori topshirilgan kundan boshlab 1 oy muddatda jarima miqdorining 50 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lash sharti bilan jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etish;

- qo‘llangan moliyaviy jarima summasini 6 oy davomida teng miqdorlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash;

- vakolatli organning moliyaviy jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi qarori sud tomonidan bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, undirilgan mablag‘lar, shu jumladan, moliyaviy jarima hamda penya yo‘naltirilgan manbalar hisobidan 15 kun muddatda mutanosib ravishda qaytariladi;

- yuqoridagi belgilangan muddatda qaytarilmagan summaga nisbatan qaytarish muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 300 dan biriga teng miqdorida foiz to‘lanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring