Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadbirkorlarga subsidiya berilishi monitoring qilinadi

Tadbirkorlarga subsidiya berilishi monitoring qilinadi

Tadbirkorlarga subsidiyalar taqdim etilishini tizimli monitoring qilish tartibi belgilandi.

Hukumat qarori (784-son, 11.12.2025 y.) bilan «Tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilishini monitoring qilish, ularning samaradorligini baholash hamda asossiz olingan va maqsadsiz foydalanilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibi to‘g‘risida» gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etishda ularni taqdim etadigan tashkilot tomonidan tadbirkor erishishi lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanadi.

Tadbirkorga subsidiyalar ajratilishi «subsidiya.mf.uz» platformasi orqali monitoring qilinadi.

Samaradorlikni baholashda manbalardan quyidagi ketma-ketlikda foydalaniladi:

- tadbirkorning moliyaviy, soliq hisobotlari;

- sohaviy idoralar yoki statistika idoralari ma’lumotlari;

- qo‘llab-quvvatlash choralari natijalari yuzasidan tadbirkor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar.

Samaradorlik har bir tadbirkor uchun iqtisodiy, moliyaviy (budjet) va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha alohida baholanadi.

Tadbirkorga taqdim etilgan subsidiyalar quyidagi hollarda qaytariladi:

- subsidiya shartnomasi (bitim) bo‘yicha tadbirkor tomonidan erishish lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilmaganda;

- mablag‘lardan maqsadsiz va samarasiz foydalanilgani aniqlanganda;

- tadbirkor tomonidan tegishli hujjatlar yoki ma’lumotlarni noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatish va asossiz olingani holatlari aniqlanganda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring