Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikistonda «layk»lar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

Tojikistonda «layk»lar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

Joriy yil 14-may kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Mazkur hujjat bilan 2018-yildan buyon amalda bo‘lib kelgan ijtimoiy tarmoqlarda «layk» yoki shunga o‘xshash boshqa belgilar yordamida munosabat bildirganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi.

Yangi o‘zgarish mamlakatda ekstremistik tashkilot deb topilgan manbalar tarqatgan materiallarga qo‘yilgan «layk» yoki boshqa belgilarga tegishli emas.

Avvalgi tartibda taqiqlangan materiallarga qo‘yilgan «layk»lar va ulashishlar internetda terrorizmni qo‘llab-quvvatlash deb malakalanar va 15 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanardi.

OAVning yozishicha, mamlakatda shu paytga qadar Jinoyat kodeksining ushbu normasi bilan 1500dan ortiq kishi javobgarlikka tortilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring