Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatidagi 13 ta madaniy meros yodgorligiga 342 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Toshkent viloyatidagi 13 ta madaniy meros yodgorligiga 342 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Foto: Bosh prokuratura

Toshkent viloyatidagi 13 ta madaniy meros yodgorligiga 342 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Tariximizga vahshiylik Bosh prokuratura va Madaniy meros agentligi hamkorligida aniqlandi.

Xususan, quyidagi obyektlarga zarar yetkazilgan:

  • Oqqo‘rg‘on tumanida «Zokirtepa» (V–VII asrlar) yodgorligining 1400 m3 qismi terak ekish uchun qazilishi oqibatida 44,6 mlrd;
  • «Sanchtepa» yodgorligining 129 m3 qismi yo‘l ochish uchun tekislanib 2,2 mlrd;
  • Parkent tumanida «Qorovultepa» yodgorligining 941 m3 qismi va «Yertepa» yodgorligining 23 m3 qismi buzilib, jami 16,4 mlrd;
  • Piskent tumanida «Mingtepa» (mil. avv. V asr) yodgorligining 7000 m3 qismi buzilib, 231 mlrd;
  • Ohangaron tumanida «Dumgalaktepa» (V-VI asrlar) yodgorligining 658 m3 qismi texnika yordamida qazilib 21 mlrd;
  • Yuqorichirchiq tumanida «Xojakaytepa» (V-VII asrlar) yodgorligining 43 m3 qismi tekislanib, 1,3 mlrd;
  • O‘rtachirchiq tumanida «Tuyabo‘g‘iztepa» yodgorligining 54 m3 qismi buzilib, 1,7 mlrd;
  • Nurafshon shahrida «Chordaratepa» (II-VIII asrlar) yodgorligining 38 m3 qismi buzilib, 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Jami 13 ta yodgorlikka 342 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring