Toshkentda kredit qarzdorligi uchun fuqaroning uylari olib qo‘yildi
Majburiy ijro byuroning Toshkent shahar Olmazor tuman bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasi asosida «M.S.» MChJdan undiruvchi «BRB» ATB foydasiga jami 7,9 mlrd so‘m kredit qarzdorligini undirish bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.
Sud qaroriga muvofiq, qarzni qoplash uchun jami 4 ta turar joy xonadonlari garov ob’yekti sifatida undiruvga qaratilgan. Ijro jarayonida ulardan biri qonunchilikda belgilangan tartibda bank balansiga o‘tkazilib, yana bir xonadon 1 mlrd so‘mga sotilib, undiruvchi bank foydasiga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, garovda bo‘lgan yana 2 ta turar joy xonadoni Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda joylashgan bo‘lib, ob’yektlar ham qarzdorlikni qoplash maqsadida undiruvga qaratildi. Davlat ijrochilari tomonidan xonadonlar qonun talablariga muvofiq xatlanib, onlayn-auksion savdolariga qo‘yildi.
O‘tkazilgan elektron savdolarda har ikki xonadon ham sotildi. Sotuvdan tushgan pul mablag‘lari belgilangan tartibda Byuroning Olmazor tuman bo‘limi depozit hisob raqamiga kelib tushgan va amaldagi qonunchilikka muvofiq, bank foydasiga yo‘naltirildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter