Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana bir fuqaro xususiy klinikadagi operatsiya vaqtida vafot etdi

Toshkentda yana bir fuqaro xususiy klinikadagi operatsiya vaqtida vafot etdi

Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan xususiy klinikalardan birida burun operatsiyasini o‘tkazgan 31 yoshli fuqaro vafot etdi.

«Millar» dasturida ma’lum qilinishicha, erkak soat 11:30 lar atrofida operatsiya xonasiga olib ketilgan va keyinchalik uning amaliyot paytida vafot etgani ma’lum bo‘lgan. Oila a’zolarining ta’kidlashicha, ularga voqea haqida bir necha soatdan keyin xabar berilgan va bemorning yuragi operatsiyadan oldin to‘satdan to‘xtab qolganini tushuntirishgan.

Biroq, oila bunga narkozning haddan tashqari ko‘p berilishi sabab bo‘lganini aytmoqda.

Marhumning turmush o‘rtog‘i ham tekshiruv natijalarini kardiologga Telegram orqali yuborganini va bemorning yuragi sog‘lom ekani hamda unga qarshi ko‘rsatma yo‘qligi haqida tasdiqnoma olganini biroq, keyinchalik yozishmalar o‘chirib tashlanganini aytadi.

Dastlabki tibbiy xulosaga ko‘ra, bemorda anafilaktik shok va noma’lum sababga ko‘ra yurak to‘xtashi qayd etilgan. 

Bosh prokuratura matbuot xizmati 29 noyabr kuni xususiy klinika shifokorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Olmazor tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining tegishli qaroriga asosan xususiy klinika faoliyati rasman to‘xtatilgan.   

«Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», – deyiladi rasmiy axborotda.      

Eslatib o‘tamiz, xususiy klinikalar bilan bog‘liq ayni holatlar avval ham (123) sodir bo‘lgani va tegishli tartibda jinoyat ishlari ochilgani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring