Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp: Eron bo‘yicha «10 bandli tinchlik rejasi» – uydirma

Tramp: Eron bo‘yicha «10 bandli tinchlik rejasi» – uydirma

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralarga oid OAVda tarqalgan 10 bandli tinchlik rejasini rad etdi.

U ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida «The New York Times» va CNN nashrlarini tanqid qilib, ular e’lon qilgan rejani «butunlay uydirma» deb atadi.

Trampning ta’kidlashicha, ushbu 10 bandning barchasi «yolg‘on va soxta ma’lumot» hisoblanadi. Shu bilan birga, u jurnalistlarni keskin tanqid qildi. 

Avvalroq, Eron TIV rahbari  Sayid Abbos Aroqchi tomonlarning muzokaralari uchun asos sifatida «AQSh tomonidan 15 bandli taklif asosida muzokara o‘tkazish bo‘yicha iltimosi va Eronning 10 bandli taklifi AQSh prezidenti tomonidan qabul qilingani» haqida bayonot bergan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring