Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampning so‘zi kuchini yo‘qotmoqda: bozorlar unga ko‘nika boshladi

Trampning so‘zi kuchini yo‘qotmoqda: bozorlar unga ko‘nika boshladi

Foto: Cincodias.elpais.com

Moliya bozorlari AQSh prezidenti Donald Trampning bayonotlariga immunitet hosil qilishni boshladi.

Yaqin-yaqingacha Trampning Eron yoki Hurmuz bo‘g‘ozi haqida Truth ijtimoiy tarmog‘ida yozgan har qanday posti treyderlarni vahimaga solib, Brent nefti narxining sanoqli daqiqalar ichida 10 foizga qimmatlashi yoki arzonlashiga sabab bo‘lardi. Trampning platformasi bundan foyda ko‘rish maqsadida hatto Uoll-stritdagi investitsiya fondlariga yiliga 1,2 million dollarlik obuna taklif qilishni boshladi — ular Oq uy rahbarining postlarini boshqa foydalanuvchilardan bir necha soniya oldin o‘qish imkoniga ega bo‘ladi.

Axios nashri 28-fevraldan 19-avgustgacha bo‘lgan davrda Truth Social tarmog‘ida Eron yoki Hurmuz bo‘g‘ozi tilga olingan postlarni tahlil qildi. Bu davrda fyuchers narxlarining besh daqiqalik oraliqdagi o‘rtacha tebranishi 0,2 foizni tashkil etgan. Trampning postlari e’lon qilinganidan keyingi dastlabki besh daqiqada (yoki savdolar ochilganidan so‘ng darhol) esa bu ko‘rsatkich qariyb to‘rt baravar yuqori — 0,73 foiz bo‘lgan. Biroq quyidagi grafikdan ko‘rinib turibdiki, vaqt o‘tgan sayin kuchli shoklar soni keskin kamaymoqda va Tramp postlarining bozorga ta’siri tez so‘nib bormoqda.

Manba: Axios 

Oq uy uchun bu xavotirli ishora. Fors ko‘rfazidagi keskinlikning dastlabki oylarida Tramp ma’muriyati internetdagi oddiy postlar orqali bozorga ta’sir ko‘rsatib, neft kotirovkalarini pasaytira olardi. Endi esa, aftidan, bu dastak o‘z kuchini yo‘qotgan. Oldinda oraliq saylovlar turibdi. Benzin narxining yuqoriligi ham demokratlar foydasiga ishlashi mumkin — respublikachilarda ayni masalada kuchliroq qurol ko‘rinmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring