Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi o‘quv yilida 1-sinfga onlayn qabul joriy etiladi

Yangi o‘quv yilida 1-sinfga onlayn qabul joriy etiladi

2026–2027 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari yanada kengaytirildi.

Ma’lum qilinishicha, onlayn qabul joriy etilgan tuman (shahar)lar soni 64 tadan 135 taga, maktablar soni esa 1956 tadan 5689 taga oshirildi.

  • Qabul jarayonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
    20-iyun – 31 iyul: mikrohudud doirasida
    1-avgust – 31 avgust: mikrohududdan tashqari

Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va my.maktab.uz orqali qabul qilinadi.

1-sinfga qabul shartlari: bola 7 yoshga to‘ladigan bo‘lishi kerak, ya’ni 2026–2027 o‘quv yili uchun 2019-yil 31-dekabrgacha tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Onlayn tizim joriy etilmagan hududlarda qabul an’anaviy tarzda maktablar tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, qabul jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha ma’lumotlar maktablarda ochiq e’lon qilinadi.

Yangi o‘quv yili uchun 1-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan 12 nomdagi o‘quv qurollari bo‘lgan Prezident sovg‘alari 20-avgustga qadar maktablarga yetkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring