Yangi yil tadbirlarida Toshkentning ayrim markaziy ko‘chalari transport uchun yopiladi
Yangi yil tadbirlari munosabati bilan poytaxtning ayrim markaziy ko‘chalari transport uchun yopilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 15-yanvargacha O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydonida:
- Zarafshon ko‘chasining «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha.

2025-yil 17-dekabrdan 2026-yil 5-yanvargacha Taras Shevchenko gastronomik-turizm ko‘chasida:
- Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha;
- Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter