Yugurganniki emas, buyurganniki yoxud Apple g‘oyasini Huawei amalga oshirdi
Huawei kompaniyasi yangi zamonaviy buklanadigan smartfoni — Pura X Max modelini rasman taqdim etdi. Eng qizig‘i, bu telefon internetda tarqalgan Applening kelajakda chiqishi kutilayotgan iPhone Fold konsepsiyasiga juda o‘xshab ketadi.
Yangi Huawei qurilmasi odatiy smartfonlardan farq qiladi. U xuddi kitobcha singari yon tomonga ochilib, katta ekranga aylanadi. Ichida 7,7 dyuymli katta ekran, tashqi qismida esa 5,4 dyuymli ekran bor. Bu format video ko‘rish, o‘qish, Telegram yoki ikki dasturni bir vaqtda ishlatish uchun ayni muddao.
So‘nggi paytlarda xorijiy nashrlar Apple ham birinchi buklanadigan iPhone ustida ishlayotganini yozishayotgan edi. Ammo Huawei yana bir bor bozorni hayratda qoldirdi va Appledan avvalroq harakat qildi va bu g‘oyani tayyor mahsulot sifatida chiqardi.
Huawei Pura X Max quyidagi xususiyatlarga ega:
- Kuchli yangi protsessor;
- 5300 mAh batareya;
- Tez quvvatlanish;
- 50 MP asosiy kamera;
- Yuqori sifatli ekran;
- Zamonaviy dizayn.
Xitoyda bu smartfon narxi taxminan 1600 dollardan boshlanadi. Qimmatroq versiyalari esa 2000 dollardan oshadi.
Ayni damda hammani bir savol qiynamoqda: Xo‘sh, Apple endi ham huddi shu modeldagi smartfonni ishlab chiqaradimi yo yangi dizayn o‘ylab topadimi?


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter