Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi.

Turkmanboshi shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi 8-oktyabr kuni Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida, 9-oktyabr kuni esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Tadbirlar doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring