Fotih Jalolov rahbarlik lavozimiga tayinlandi
7-oktyabr kuni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri jamoasiga yangi tayinlangan rahbar tanishtirildi.
Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri direktori lavozimiga tayinlandi.
Fotih Jalolov mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Yangi direktorga teatr jamoasi bilan hamjihatlikda faoliyat olib borib, teatrning ijodiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda milliy teatr san’atini yanada rivojlantirish yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolindi, deyiladi Madaniyat vazirligi xabarida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter