Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga maktub yo‘lladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasiga saylovlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.
O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojlanayotgani ta’kidladi.
Ko‘p qirrali aloqalarimizda alohida o‘rin tutadigan parlamentlararo hamkorlik bundan buyon ham ikki tomonlama loyiha va dasturlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qilishi qayd etildi.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali O‘zbekiston – Rossiya hamkorligini har tomonlama rivojlantirishga kuchli sur’at bag‘ishlash, uni mamlakatlarimiz ravnaqi va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yangi tashabbuslar bilan boyitishga ishonch bildirildi.
Yakunda Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Vladimir Putinga mustahkam sog‘liq va davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladi, deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi saylovlarda "Yagona Rossiya" partiyasi katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter