Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 9-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Amir Temur tavalludning 690 yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Muzeyning birinchi qavatida «Buyuk Sohibqiron – Ikkinchi Renessans asoschisi» bo‘limi tashkil etildi. Ikkinchi qavatda esa sun’iy intellekt va «aqlli» texnologiyalar asosida Amir Temur davri va temuriylar haqida interaktiv ekspozitsiyalar joylashgan. Shuningdek, 3D formatdagi eksponatlar hamda xaritalar namoyish qilingan.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Temuriylar tarixi davlat muzeyining yangilangan ekspozitsiyasi va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, ajdodlar merosini o‘rganish, asrab-avaylash va targ‘ib etishning naqadar muhim ekaniga urg‘u berdi.

– Dunyo havas qilgulik tariximiz, merosimiz bor. Sohibqiron tarixini jamlagan muzey zamonga munosib yangi qiyofaga kelgani yaxshi bo‘ldi. Endi buni aholimizga, yoshlarga, xorijlik mehmonlarga yetkazish eng katta vazifamiz. Yangi O‘zbekistonni yuksaltirish uchun kerakli bilimlarni qayerdan olish mumkin desangiz, bularning barchasi – ajdodlarimiz qoldirgan merosda, ilmda. Shu bois, yoshlarimizni, nuroniylarni, umuman, aholimizni mahallabay tarzda muzeylarga olib kelib, buyuk tariximiz haqidagi bilimlarini oshirishimiz lozim, – dedi davlat rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif chog‘ida Temuriylar tarixi davlat muzeyining mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash maqsadida 2026-yil 5-fevralda Prezidentning tegishli qarori qabul qilingandi. Qaror ijrosi doirasida dunyodagi mashhur muzeylarning eng ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosi rekonstruksiya qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring