FourFourTwo dunyoning eng yaxshi futbolchilarini aniqladi, Yamal — birinchi
FourFourTwo talqiniga ko‘ra, Lamin Yamal — ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchisi.
Ushbu reytingda Holand — ikkinchi, Mbappe — beshinchi o‘rinda.
FourFourTwo tuzgan reyting o‘nligi quyidagi ko‘rinishda:
- Lamin Yamal («Barselona»)
- Erling Holand («Manchester Siti»)
- Harri Keyn («Bavariya»)
- Usmon Dembele («PSJ»)
- Kilian Mbappe («Real Madrid»)
- Rafinya («Barselona»)
- Pedri («Barselona»)
- Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ»)
- Nunu Mendesh («PSJ»)
- Bukayo Saka («Arsenal»).
Yaqinda o‘tkazilgan FIFA The Best marosimida Usmon Dembele (Fransiya milliy jamoasi va «PSJ» yarimhimoyachisi) 2025-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Bungacha u France Football nashrining «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter