Superliga: «Surxon – Sho‘rtan» bahsini ilk marta ayol hakamlar boshqarib boradi
O‘zbekiston Superligasining 28-turida ayol hakamlar bir nechta uchrashuvlarda faoliyat olib borishmoqda.
Tajribali hakam Kristina Sereda OKMK – Navbahor bahsida, yosh hakam Nasibabonu Toshmuhammedova esa Nasaf – Mash’al uchrashuvida AVAR hakamlari sifatida faoliyat olib bordi.
Bugun bo‘lib o‘tadigan Surxon – Sho‘rtan bahsida esa 2025-yilgi mavsumda ilk bor ayol hakamlar yordamchi hakam sifatida ishlaydi.
Shuningdek:
- Kristina Sereda va Zilola Rahmatova – yordamchi hakamlar
- Gulshoda Saitqulova – zaxira hakami
- Dildora Rustamova – AVAR hakami sifatida faoliyat yuritadi.
Bu — ayol hakamlarimizning Superligadagi ishtiroki va professional o‘sishi yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter