V yoshlar Para Osiyo o‘yinlari g‘oliblari Toshkentda tantanali kutib olindi (foto)
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi vatanimizga qaytib keldi.
Delegatsiya a’zolari Toshkent xalqaro aeroportida rasmiylar tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida sport jamoatchiligi vakillari, sport faxriylari, ommaviy axborot vositalari hamda muxlislar ishtirok etdi.
Dubaydagi nufuzli musobaqada O‘zbekiston yosh para sportchilari yuksak natija ko‘rsatishdi: 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi hamda 35 ta davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.
Ushbu natija mamlakatimizda para sportni rivojlantirishga qaratilayotgan tizimli islohotlar, sportchilarga yaratilayotgan sharoitlar va murabbiylar mehnatining amaliy samarasidir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter