Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar uchun kontentlar yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi

Bolalar uchun kontentlar yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi

Foto: Xabar.uz

Prezident qaroriga ko‘ra, bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi.

«Bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, respublikada bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar ishlab chiqarish hamda ularni ommalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • bolalarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmasi, tabiatni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarga hurmat va ona Vatanga sadoqat hissini tarbiyalashga xizmat qiluvchi kontentlar yaratish;
  • bolalar uchun xavfsiz axborot muhitini yaratish;
  • ota-onalar va bolalarni internet tarmog‘idagi axborotlarni to‘g‘ri baholashga hamda xavfli kontentlarni aniqlashga yo‘naltiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish.

Qarorga asosan, bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar 2025-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar:

  • foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi;
  • ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to‘laydi;
  • yuridik shaxslarga bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini foyda solig‘ini hisoblashda chegirib tashlash huquqi beriladi.

Bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratish yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida har yili «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan jahondagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun 5 ta kvota ajratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring