O‘zbekistondagi maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi
Bugun O‘zbekistondagi maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi.
Buxoro viloyatida 592 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘lib, yangi o‘quv yilida 1-sinflarga 38 ming nafardan ziyod o‘quvchilar qabul qilindi. Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Olim Jo‘rayevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, viloyatda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi mamlakat mustaqilligi davrida 22 foizdan 91 foizga yetkazilgan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari soni 18 taga, iqtidorli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar soni esa 16 taga ko‘paygan. Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini yaxshilash maqsadida joriy yilda viloyatda 236 ta maktabga 1 trillion 402 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda. Keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari natijasida ta’lim muassasalarida 32 ming 352 ta ngi bolalar va o‘quvchi o‘rinlari yaratilgan.
Maktablarda oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi 9 foizdan 46 foizga yetgan. Bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi 16 foizdan 68 foizga yetgan. O‘rtacha kirishi balli 110,8 balldan iborat.

- Barchasi siz uchun va sizning ertangi kuningiz uchun. O‘qishdan, izlanishdan to‘xtamasangiz, sizning bilim olishingiz uchun zarur bzlgan barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratamiz,-dedi Buxoro shahridagi qator maktablarda tashkil etilgan «Bilimlar kuni» tadbirlarida ishtirok etgan viloyat hokimi Botir Zaripov.
Ta’lim dargohlarining bitiruvchi sinf o‘quvchilariga «Mustaqillik darsi»ni o‘tdi. Ilmu-ma’rifat yo‘lida mardona kurash olib borib, jonini fido qilgan ma’rifatparvar ajdodlar hayoti va faoliyati xususida so‘z yuritdi.

Botir Zaripov 1-sinfga qabul qilinayotgan o‘quvchilarga:
- Bugun maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan har bir bolaning ko‘zlaridagi quvonch biz,k attalar uchun ham katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki, farzandlarimizning ertangi taqdiri, avvalo, ularga qanday ta’lim va tarbiya berayotganimizga bog‘liq. Shu bois, yosh avlodga sifatli bilim berish, ularning iqtidori va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishni eng muhim vazifalarimizdan biri, deb bilamiz,-dedi.
«Bilimlar kuni»da o‘tgan o‘quv yilida Xalqaro fan olimpiadalariga turli medallarni qo‘lga kiritgan 31 nafar o‘quvchilar, sport musobaqlarida 422 ta oltin va 127 ta kumush medallarga sazovor bo‘lgan 546 nafar iqtidorli bitiruvchilar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ibrat sifatida ko‘rsatildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilining ilk kunida birinchi sinf o‘quvchilariga «Prezident sovg‘alari» topshirildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter