Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning qaysi hududlarida texnikumlar soni ko‘p?

O‘zbekistonning qaysi hududlarida texnikumlar soni ko‘p?

2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan texnikumlar soni 712 taga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, texnikumlar eng ko‘p Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Hududda jami 71 ta texnikum faoliyat yuritmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Samarqand va Andijon viloyatlari egallagan. Samarqandda 70 ta, Andijonda esa 69 ta texnikum mavjud.

Jumladan, texnikumlar soni hududlar kesimida quyidagicha:

  • Qashqadaryo viloyati — 71 ta;
  • Samarqand viloyati — 70 ta;
  • Andijon viloyati — 69 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 66 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 57 ta;
  • Toshkent viloyatida ham 57 ta;
  • Navoiy viloyati — 27 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 26 ta;
  • Toshkent shahrida esa 37 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 53 ta;
  • Namangan viloyati — 53 ta;
  • Buxoro viloyati — 47 ta;
  • Xorazm viloyati — 43 ta;
  • Jizzax viloyati — 36 ta.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring