Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ta’lim vazirligida yangi tayinlov bo‘ldi

Ta’lim vazirligida yangi tayinlov bo‘ldi

Foto: Ta’lim va ilm-fan vazirligi

Abdusamad Mamanazarov Ta’lim va ilm-fan vazirligining Oliy ta’lim tashkilotlari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar sobiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, yangi tashkil etilgan Ta’lim va ilm-fan vazirligida shu paytgacha quyidagi tayinlovlar amalga oshirildi:
Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich — vazirning birinchi o‘rinbosari;
Pardayeva Mehriniso Doniyorovna — vazir o‘rinbosari;
Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan o‘g‘li — vazir o‘rinbosari;
Mirzayev Manuchehr Boborahimovich — Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti rahbari;
Nematov Inatillo Ubaydullayevich — apparat rahbari;
G‘aybullayev Farrux Yuldashevich — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i;
Bekturdiyev Qadrbay Bekbosinovich — Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i;
Fayziyev Farruxjon Nematillayevich — Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i;
Muxtorova Aziza Erkinovna — vazirlik huzuridagi Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori;
Mo‘minov Sarvar Murodovich — Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;
Soliyev Doniyor Faxriddinovich — Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i;
Ortiqov Qurbonnazar Omonovich — Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i;
Mamanazarov Abdusamad Abdusaitovich — Oliy ta’lim tashkilotlari departamenti boshlig‘i.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring