Urganchda tibbiyot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Hukumatning joriy yil 3 oktyabrdagi 621-son qarori bilan Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Qarorga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasi Urganch davlat tibbiyot instituti klinikasi etib qayta nomlandi.
Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- uzluksiz tibbiy-kasbiy ta’lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- talabalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini faol takomillashtirish;
- tibbiyot ta’limi va ilm-fanining amaliyot bilan integratsiya qilinishini ta’minlash hamda tibbiy yordam ko‘rsatish darajasini oshirish.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Institutda tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter