Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arxiv ishi sohasi raqamlashtiriladi

Arxiv ishi sohasi raqamlashtiriladi

Foto: Portal.archive.uz

«Arxiv ishi sohasini raqamlashtirish va sohada boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, arxiv sohasini 2030-yilgacha raqamlashtirish va sohada samarali boshqaruv tizimini yaratishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • Milliy arxiv fondi hujjatlari raqamlashtirilishini 60 foizga yetkazish;
  • elektron xizmat ko‘rsatish ulushini 100 foizga yetkazish hamda xizmat ko‘rsatish muddatini kamida 3 baravarga qisqartirish.

2026-yil 1-iyundan arxiv xizmatlarini raqamlashtirishda qo‘llaniladigan amaldagi arxiv axborot tizimlari negizida Yagona milliy arxiv axborot tizimi joriy etiladi.

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqichda (2025–2027-yillar) — alohida qimmatli va noyob hujjatlar, mol-mulk va yerga oid arxiv hujjatlari;

2-bosqichda (2028–2029-yillar) — kino, foto, fono va ilmiy-texnik arxiv hujjatlari;

3-bosqichda (2030-yildan) — Milliy arxiv fondining boshqa arxiv hujjatlari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring