O‘zbekistonda bozorlar faoliyati ham raqamlashtiriladi
2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son farmon bilan yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi belgilab olingan.
Unga ko‘ra, tegishli idora va vazirliklar mahalliy hokimliklar bilan birgalikda dehqon bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari (savdo majmualari)da hisobning to‘liq va to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash maqsadida axborot tizimini ishlab chiqadilar.
Bunda:
- bozorlar va savdo majmualari, ulardagi savdo shoxobchalari va savdo o‘rinlariga oid ma’lumotlar;
- bir martalik to‘lovlar va ijara to‘lovlari;
- avtoturargoh va hojatxona uchun to‘lovlar;
- mahsulotlarga onlayn to‘lov qilish imkoniyatlari nazarda tutiladi.
Shuningdek, Toshkent shahri va Samarqand tajribasi asosida respublikaning barcha hududlarida bozor va savdo markazlari «aqlli» kameralar bilan jihozlanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter