iPhone 18 hamyonbop narxda "Pro" funksiyalarini taqdim etadi!
Texnologiya olami doimo harakatda, biroq Apple ekotizimidagi so‘nggi ma’lumotlar hatto eng tajribali tahlilchilarni ham hayratda qoldirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan so‘nggi render va suratlarga ko‘ra, oddiy va hamyonbop segment hisoblangan bazaviy iPhone 18 modellari o‘zining qimmatbaho "Pro" akalariga har qachongidagidan ham ko‘proq o‘xshar emish.
Tarqalgan suratlarda birinchi navbatda ko‘zga tashlanadigan jihat qurilmaning korpus teksturasi. Shu paytgacha Apple bazaviy modellarda oddiyroq shisha va alyuminiy ramkadan foydalanib kelgan bo‘lsa, iPhone 18da vaziyat butunlay boshqacha!
Taxminlarga ko‘ra, bazaviy model Pro seriyasiga xos bo‘lgan, barmoq izlarini qoldirmaydigan va ancha qimma tuzilishga ega bo‘lgan titan yoki maxsus ishlov berilgan shisha panelga ega bo‘ladi.
Korpus qirralarining yanada silliqlashgani va Pro modellarining vizual jozibasini o‘zlashtirgani smartfonni premium segmentga yaqinlashtiradi.
Suratlardagi eng katta shov-shuvga sabab bo‘lgan element kamera blokida LiDAR (Light Detection and Ranging) datchigining paydo bo‘lishidir.
Bu datchik obyektlargacha bo‘lgan masofani lazer nurlari yordamida aniq o‘lchaydi. Shu paytgacha u faqat Pro va Pro Max modellarida tungi portretlarni yaxshilash hamda VR texnologiyalari uchun qo‘llanib kelinayotgan edi.
Agar ushbu insayd o‘zini oqlasa, bazaviy iPhone 18 foydalanuvchilari ham tunda ham professional darajadagi suratlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ekspertlarning fikricha, bazaviy va Pro modellar o‘rtasidagi chegarani bunday qisqartirish ortida bir nechta strategik sabablar yotibdi.
Jumladan, Android flagmanlari hamyonbop narxlarda ham premium funksiyalarni taqdim etmoqda. Apple ham o‘z pozitsiyasini saqlab qolishi kerak.
Kelajakda sun’iy intellekt va VR funksiyalari har bir smartfonda bo‘lishi shart. LiDAR esa bu texnologiyalarning ko‘zi hisoblanadi.
Apple odatda o‘zining kuzgi taqdimotlarida yangi mahsulotlarni ko‘rsatadi. Biroq, insayderlarning ta’kidlashicha, ushbu dizayn konsepsiyasi va uning real hayotga qay darajada ko‘chganini rasman 2027 yilning bahorida aniq bilib olishimiz mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter