Mobiuz metro tunnellarida aloqa va internetni ishga tushirdi
Endi Toshkent metropoliteni yo‘lovchilari nafaqat yerosti bekatlarida, balki butun yo‘nalish davomida aloqada bo‘lishlari mumkin.
Metro — Toshkentdagi eng ommabop shahar transporti turlaridan biri. Har kuni yuz minglab odamlar metrodan foydalanadi. Endi ularning har bir safari Mobiuzning barqaror aloqa zonasi bo‘ylab o‘tadi.
Mobiuz 2023-yilning mart oyidayoq Toshkent metropolitenining barcha 31 ta yerosti bekatida o‘z abonentlarini ovozli aloqa va mobil internet bilan ta’minlagan edi. Biroq bekatlar yo‘nalishning bir qismi, xolos. Poyezd ko‘p vaqtini aynan tunnellarda, ya’ni yaqin-yaqingacha har qanday qo‘ng‘iroq uzilib, sahifalar yuklanmay qoladigan qorong‘i va yopiq makonda o‘tkazadi.
Endi Mobiuz abonentlari poyezd platformadan jo‘naganda ham telefon suhbatini yoki internetdan foydalanishni to‘xtatishlariga hojat yo‘q — signal butun yo‘l davomida barqaror bo‘lib qoladi.
Bu shuni anglatadiki, endi ish yuzasidan muhim qo‘ng‘iroqlarni metroda harakatlanib amalga oshirish mumkin. Yo‘lda ketayotib, ovozli xabar yuborsa bo‘ladi. Farzandingizga yo‘lda multfilm qo‘yib berishingiz mumkin va endi video eng qiziq joyida qotib qoladi, deb xavotirlanmasangiz ham bo‘ladi. Bir qarashda bular oddiy holatlar to‘g‘rimi? Lekin aynan shunday lahzalar tufayli aloqa haqiqatan ham ishlayapti, degan his paydo bo‘ladi.
Bu, ayniqsa, kutilmagan vaziyatlarda juda muhim. Poyezdning kechikishi, rejalarning to‘satdan o‘zgarishi, shoshilinch qo‘ng‘iroqlar — bularning bari aynan siz yer ostida bo‘lganingizda va “metrodan chiqib olay, keyin hal qilarman” deb o‘ylab turganingizda sodir bo‘ladi. Endi metrodan chiqishni kutish shart emas.
Mobiuzning missiyasi — raqamli dunyoda har kim aloqada qolishi, taraqqiy etishi va ilhomlanishi uchun imkoniyatlar yaratish hamda insonlarni birlashtirib, innovatsiyalar bilan kelajak sari intilish. Metro tunnellaridagi aloqa — bu boradagi yana bir qadam. Zero, haqiqiy aloqa hech qanday cheklovlarni tan olmaydi: na masofa, na chegara va na yer osti chuqurligini biladi. Mobiuz odamlar bor joyga va ular aloqada bo‘lishi zarur bo‘lgan makonlarga yo‘l ochishni davom ettiradi.
Reklama


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter