Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Erondagi raketa obyektlariga zarba berdi

AQSh Erondagi raketa obyektlariga zarba berdi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eron janubidagi bir qator obyektlarga «o‘zini himoya qilish» maqsadida zarbalar berilganini ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, hujumlar raketa uchirish qurilmalari joylashgan nuqtalar hamda dengizga mina qo‘yishga uringan Eron katerlariga qarshi amalga oshirilgan. AQSh bu harakatlarni amerikalik harbiylarni ehtimoliy tahdidlardan himoya qilish bilan izohlamoqda.

Ayni paytda Donald Tramp Eron bilan muzokaralar «yaxshi ketayotganini» bildirgan. Tomonlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni to‘xtatish bo‘yicha ehtimoliy kelishuv ustida ish olib borayotgani aytilmoqda.

Eron rasmiylari muzokaralarda ayrim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilganini tan olgan, biroq hozircha yakuniy bitimga yaqin emasliklarini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring