Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda deportatsiyalar soni rekord darajaga yetdi

AQShda deportatsiyalar soni rekord darajaga yetdi

Foto: Getty Images

AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) yil boshidan beri rekord miqdordagi odamlarni deportatsiya qildi. Bu haqda CBS News AQSh Ichki xavfsizlik departamenti (DHS) ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

2026-yilning boshidan beri deportatsiya qilinganlarning umumiy soni 483 200 ga yetdi. Bu 442 600 kishi deportatsiya qilingan 2025 yildagidan ko‘proq sanaladi.

ICE shuningdek, 491 000 dan ortiq immigrantlar hibsga olingani haqida xabar berdi, ulardan 475 000 tasi ma’muriy huquqbuzarliklar bilan bog‘liq edi. «Men yana bir tarixiy rekordni yangilagan ICEning bu jasur erkak va ayollari bilan faxrlanaman», deydi Ichki xavfsizlik vaziri Markueyn Mullin. «Prezident Trampning rahbarligi tufayli ICE hujjatsiz immigrantlarni aniqlash va chiqarib yuborish uchun to‘liq vakolatga ega, bu bizga amerikaliklarning hayotini saqlab qolish imkonini beradi».

Noyabr oyida respublikachilar AQSh Kongressi uchun oraliq saylovlarda mag‘lub bo‘lishdi. Ko‘plab demokratlar Vakillar palatasida ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritsalar, Donald Tramp va ICEga qarshi tergov boshlashlarini, jumladan, ICE xodimlarining vakolatlarini suiiste’mol qilish va noto‘g‘ri xatti-harakatlari haqidagi ko‘plab shikoyatlar bo‘yicha tergov boshlashlarini bir necha bor ta’kidlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring