Avstraliya bosh vaziri qarorgohidan shoshilinch evakuatsiya qilindi
Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze xavfsizlik tahdidi tufayli Kanberradagi qarorgohidan evakuatsiya qilindi. Mahalliy News.com.au nashri bunga bomba tahdidi sabab bo‘lganini xabar qildi.
Mahalliy ABC telekanali Entoni Albaneze tahdid bartaraf etilgunga qadar bir necha soat davomida «maxsus xonaga» joylashtirilganini xabar qildi.
Keyinchalik Avstraliya politsiyasi puxta qidiruv o‘tkazganini va hech qanday shubhali narsa topmaganini ma’lum qildi.
«Hozirda jamoat xavfsizligiga hech qanday tahdid yo‘q», deyiladi politsiya bayonotida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter