Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aybsiz aybdor umrining 38 yilini qamoqda o‘tkazdi — Buyuk Britaniya

Aybsiz aybdor umrining 38 yilini qamoqda o‘tkazdi — Buyuk Britaniya

Foto: Daily Record

Britaniyalik Piter Sallivan sud xatosi tufayli umrining 38 yilini qamoqda o‘tkazdi, deb yozdi The Guardian.

U 1987-yili (o‘shanda 30 yoshda edi) Angliya shimoli-g‘arbida yosh ayolni o‘ldirganlikda ayblanib qamalgan. Ammo hech qachon aybiga iqror bo‘lmagan. Uning advokatlari ishni qayta ko‘rib chiqishga ikki marta behuda urinishgan.

Yaqinda o‘tkazilgan ekspertiza Sallivanga tegishli DNK jinoyat joyidan olingan namunalarda mavjud emasligini ko‘rsatdi. Izlar boshqa bir noma’lum shaxsniki.

Buyuk Britaniya apellyasiya sudi hukmni bekor qildi, 68 yoshli Sallivan ozod etiladi. Nashr qayd etishicha, bu mamlakat tarixidagi eng uzoq cho‘zilgan sud xatosi bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring