Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barselonadan G‘azoga 40 ta kemadan iborat gumanitar flotiliya yo‘l oldi

Barselonadan G‘azoga 40 ta kemadan iborat gumanitar flotiliya yo‘l oldi

Ispaniyaning Barselona shahridan G‘azo sektori tomon yangi gumanitar flotiliya yo‘l oldi. U 40 ta, asosan yelkanli kemalardan iborat.

Ob-havo sabab jo‘nash bir necha kunga kechiktirilgan. Hozirda flotiliya O‘rta yer dengizi orqali harakatlanmoqda.

Kemalarda bir nechta davlatlardan kelgan yuzlab Falastin tarafdorlari bor. Flotiliya «Sumud» deb nomlangan bo‘lib, arabchada «matonat» yoki «sabot» ma’nosini anglatadi.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, yo‘l davomida yana 30 ga yaqin kema flotiliyaga qo‘shilishi kutilmoqda.

Loyihani Ispaniyadagi Greenpeace bo‘limi va Open Arms qutqaruv tashkiloti qo‘llab-quvvatlamoqda.

Faollar ikki asosiy maqsadni – G‘azoga gumanitar yordam yetkazish va Isroil siyosatiga nisbatan xalqaro bosimni kuchaytirishni ko‘zlamoqda.

Shuningdek, ular G‘azodagi gumanitar inqirozga jahon jamoatchiligi e’tiborini yana qaytarishni maqsad qilgan. So‘nggi paytlarda global e’tibor Yaqin Sharqdagi boshqa mojarolar, jumladan Eron bilan bog‘liq vaziyatga qaratilayotgani ta’kidlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring