Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT moliyaviy bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

BMT moliyaviy bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

Foto: RIA Novosti

The Wall Street Journal gazetasining xabar berishicha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti «moliyaviy inqiroz» yoqasida turibdi, chunki Qo‘shma Shtatlar va Xitoy (bu budjet daromadlarining 42 foizini tashkil qiladi) to‘lovlarni kechiktirmoqda.

BMTning ma’lum qilishicha, agar vaziyat shunday davom etsa, avgust oyining o‘rtalariga kelib tashkilotda mablag‘ tugab qoladi. 

Nashrga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tashkilotdan 4 milliard dollar qarzdor. Donald Tramp ma’muriyati isrofgarchilikka qarshi kurash doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) kabi o‘nlab BMT dasturlaridan chiqib ketdi. Vashington o‘zining doimiy yordamini xarajatlarni qisqartirishga, jumladan, xodimlarni qisqartirishga va mashina tarjimasini joriy etishga bog‘lamoqda, deb ta’kidlaydi gazeta. 

BMTning ikkinchi yirik donori bo‘lgan Xitoy o‘zini tashkilotning asosiy himoyachisi va «moliyaviy hissalar bo‘yicha amalda yetakchi» deb ataydi. Ayni paytda, jurnalga ko‘ra, uning qarzi 455 million dollarga yetadi. Pekin o‘zining moliyaviy majburiyatlarini bajarishga va’da bermoqda. 

Jurnalistlarning fikriga ko‘ra, BMT xodimlarining maoshlari uning xarajatlarining taxminan 70 foizini tashkil qiladi. Shu bilan birga, tashkilot allaqachon sezilarli darajada xarajatlarni qisqartirishni amalga oshirgan. Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Kotibiyat ba’zi ofislarni yopdi, 3000 ta lavozimni bekor qildi va tarjimonlarning ish vaqtini qisqartirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring