Buyuk Britaniya internetda fastfud reklamacini to‘liq taqiqladi
Buyuk Britaniyada bolalar sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan yangi qoidalar kuchga kirdi. 5 yanvardan boshlab fastfud va sog‘liq uchun zararli oziq-ovqat mahsulotlarining reklamaci internetda to‘liq taqiqlandi. Televideniyeda esa bunday reklama faqat kechki soat 21:00 dan keyin namoyish etilishi mumkin.
Britaniya hukumatiga ko‘ra, ushbu chora bolalarni nosog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qiluvchi kontentdan himoya qilishni maqsad qiladi.
Taqiq 13 toifadagi shakar, yog‘ va tuz miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarga taalluqli. Ular orasida shakar qo‘shilgan ichimliklar (yogurtlar ham shu jumladan), chipslar, tuzli yoki shakarli pechenelar, shakarli tayyor nonushtalar, popkorn, shokolad, saqich, muzqaymoq, shirin kulchalar, pitssa va muzlatilgan taomlar bor.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada bolalarning 22 foizi maktabning birinchi sinfiga ortiqcha vazn bilan boradi. Maktabni bitirayotgan o‘quvchilar orasida esa bu ko‘rsatkich 35 foizdan oshadi. Shuningdek, 5–9 yoshli bolalar kasalxonaga eng ko‘p tish muammolari bilan tushmoqda, bu esa ko‘pincha noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq.
Hukumat bu cheklovlar bolalar orasida ortiqcha vazn va sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni kamaytirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter