Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diplomatik mojaro: Kolumbiya va Ekvador prezidentlari sudlashadi

Diplomatik mojaro: Kolumbiya va Ekvador prezidentlari sudlashadi

Daniel Noboa (chapda) va Gustavo Petro.

Foto: Getty Images / Semana

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Ekvador prezidenti Daniel Noboani tuhmatda ayblab, rasman sudga da’vo arizasi kiritdi. Ikki qo‘shni davlat rahbarlari o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgani xalqaro hamjamiyat e’tiborida bo‘lib turibdi.

Ziddiyat Daniel Noboaning bayonotidan keyin avj oldi. U Kolumbiya yetakchisini 2025-yilda Ekvadorning Manta shahriga qilgan tashrifi davomida ashaddiy narkobaron «Fito» bilan yashirin aloqa o‘rnatganlikda ayblagan edi. Gustavo Petro bu iddaolarni qat’iy rad etib, buni o‘zining siyosiy obro‘siga berilgan «qasddan qilingan zarba» deb atadi.

Qolaversa, Petro Ekvadorning sobiq vitse-prezidenti Xorxe Glasning ozod etilishini talab qilgan edi. Uning aytishicha, Noboa bu talabga nisbatan «o‘ta hurmatsiz» munosabatda bo‘lgan.

Kolumbiya prezidentining ta’kidlashicha, o‘sha Mantaga tashrifi chog‘ida uning xavfsizligini aynan Noboaning shaxsiy buyrug‘i bilan Ekvador qurolli kuchlari ta’minlagan edi.

Ushbu sud da’vosi Lotin Amerikasi ikki davlati o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni inqiroz yoqasiga keltirib qo‘ydi. Kuzatuvchilarning fikricha, bu mojaro mintaqadagi xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring