Dunyodagi eng yaxshi mehmonxona aniqlandi
Rosewood Hong Kong.
Rosewood Hong Kong (Gonkong) qatorasiga ikkinchi yil The 50 Best Hotels reytingida birinchi o‘rinni egallab, 2026-yilning eng yaxshi mehmonxonasi deya e’tirof etildi.
Rosewood — ketma-ket ikkinchi yil reyting g‘olibiga aylangan ilk mehmonxona. Mehmonxonaning 400 dan ortiq xonasi, restoranlari va barlari, spa va dengiz ko‘rinib turadigan panoramali basseyni bor.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Tailand mehmonxonalari — Capella Bangkok va Four Seasons Bangkok.
Yevropaning eng yaxshi mehmonxonasi — Italiyaning Komo ko‘li bo‘yidagi Passalacqua jahon reytingida beshinchi o‘rinni egalladi.
Yetakchi o‘nlikka, shuningdek, Dubay, San-Paulu, Pekin, Gonkong, Meksika va Bangkokdagi mehmonxonalar kirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter