Eronlik yoshlardan elektr stansiyalari atrofida «tirik zanjir» hosil qilish so‘raldi
Eron hukumati yoshlar, sportchilar, talabalar va o‘qituvchilarni mamlakat elektr stansiyalari atrofida «tirik zanjir» hosil qilishga chaqirdi.
Bu tashabbus Eron hukumati huzuridagi yoshlar ishlari bo‘yicha kengash kotibi Alireza Rahimiy tomonidan ilgari surildi. Uning ta’kidlashicha, elektr stansiyalari mamlakatning strategik va milliy boyligi hisoblanadi.
Mazkur chaqiriq AQSh tomonidan Eron energetika infratuzilmasiga ehtimoliy zarbalar haqidagi bayonotlar ortidan yangradi.
Xalqaro OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Eron avval ham G‘arb bilan munosabatlar keskinlashgan davrlarda yadroviy ob’yektlar atrofida shunday aksiyalarni tashkil etgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochmasa, mamlakat energetika ob’yektlariga zarba berilishi mumkinligini bildirgan edi.
Ayrim siyosatchilar va huquq himoyachilari bunday ob’yektlarga hujumlar xalqaro huquq nuqtai nazaridan bahsli ekanini ta’kidlamoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter