Germaniyada 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklarning xorijga chiqishi cheklandi
NATO generali Karsten Boyer.
Germaniyada 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga maxsus ruxsatnomasiz mamlakatni uch oydan ortiq muddatga tark etish taqiqlandi. Bu haqda Berliner Zeitung nashri xabar berdi.

Safar maqsadidan qat’i nazar (o‘qish, ish yoki uzoq muddatli sayohat), mamlakatdan tashqarida 3 oydan ko‘p qolmoqchi bo‘lganlar maxsus ruxsat olishlari talab etiladi.
Germaniya 2035-yilgacha o‘z qurolli kuchlari safini hozirgi 184 ming kishidan 255–270 ming kishigacha ko‘paytirishni rejalashtirgan. Yuqoridagi cheklov harbiy xizmatga layoqatli fuqarolarni nazoratda ushlab turish va safarbarlik salohiyatini ta’minlashga qaratilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter