Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyaga birlamchi tahdid tug‘dirayotgan davlat ochiqlandi

Germaniyaga birlamchi tahdid tug‘dirayotgan davlat ochiqlandi

Foto: Xabar.uz / Sobir Salim

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 22 aprel kuni Berlin shahrida mamlakatning harbiy-mudofaa konsepsiyasini taqdim etdi. Ushbu hujjat Germaniya Federativ Respublikasi tarixidagi ilk harbiy strategiya va qurolli kuchlarni (QK) rivojlantirish rejasini o‘z ochiga oladi.

DW xabar berishicha, ushbu ikki hujjatga oid detallar maxfiylashtirilgan, ammo mudofaa vazirligi mamlakatga tahdid tug‘dirayotgan birinchi raqamli davlat nomini ochiq-oshkor e’lon qilgan. Bu – prezident Vladimir Putin boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi.

“Haddan ziyod qurollanishga kirishgan Rossiya NATO bilan harbiy to‘qnashuvga hozirlik ko‘rmoqda va o‘z manfaatlarini ilgari surish yo‘lida harbiy kuch ishlatishni qonuniy vosita deb hisoblamoqda”, – deydi Boris Pistorius.

Konsepsiyaga ko‘ra, Germaniyaning kamida 460 ming kishili armiyasi ittifoqchilar bilan birgalikda Moskvaning ehtimoliy agressiyasiga qarshi javob berishga shay holatda bo‘lishi kerak.

Germaniya mudofaa vaziri ta’kidicha, NATOni parokanda qilish va yo‘q qilishga urinayotgan Rossiya hozirda harbiy alyans davlatlariga qarshi josuslik, diversiya, kiberhujum, dezinformatsiya kabi usullarni qo‘llamoqda.

Rossiya va NATO, jumladan, Germaniya o‘rtasidagi to‘qnashuv ham o‘tmish, ham kelajak texnologiyalari vositasid – kvant texnologiyalari va robotexnikadan tortib arzon dronlarga qadar jabhalarda kechishi mumkin.

“Biz bundesverni (Germaniya qurolli kuchlari nazarda tutilmoqda – tahr.) Yevropadagi eng kuchli doimiy armiyaga aylantiramiz. Yaqin istiqbolda

mudofaa salohiyatimizni oshiramiz, o‘rta istiqbolda salohiyatimizni yanada kuchaytiramiz, uzoq istiqbolda esa texnologik ustunlikni ta’minlaymiz”, – dedi B.Pistorius.

Mudofaa vazirligi taxminicha, Rossiya Germaniyaning davlat tuzilmalari, iqtisodiyot va aholini nishonga olishi ehtimoli katta.

Boris Pistorius ko‘pdan buyon Germaniya Rossiya bilan ehtimoliy harbiy mojaroga tayyorlanishi kerakligini aytib keladi.

Avvalroq Germaniya federal razvedka xizmati rahbari (BND) Bruno Kal ham G‘arb davlatlari o‘z mudofaa qobiliyatini oshirish borasida qat’iyat ko‘rsatmasa, prezident Vladimir Putin Shimoliy Atlantika ittifoqi, ya’ni NATOga hujum qilishidan ogohlantirgandi.

Tahlilchilarga ko‘ra, yuqori martabali harbiylar va razvedkachilarning bu kabi ogohlantirishlarini populizm yoki shunchaki iddao deb bo‘lmaydi. 2024 yilda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari, sobiq prezident Dmitriy Medvedev “Bizni Berlinda kuting!” deya Germaniyaga ochiq tahdid qilgani ma’lum

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring