Hindistonda namoyish payti kuzatilgan tiqilinchda salkam 40 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda namoyish paytida yuz bergan tiqilinchda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi.
Fojia 27-sentyabr kuni kechqurun Tamilnadu shtatida taniqli aktyor Vijay tomonidan o‘z partiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan siyosiy miting chog‘ida yuz berdi.
Tadbirda o‘n minglab odamlar qatnashdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tiqilinch olomonning bir qismi sahna tomon yo‘l olgan paytda boshlangan. Sarosimada ko‘pchilik hushini yo‘qotdi, boshqalar oyoq osti qilindi, tez yordam mashinalari esa olomon orasida harakat qilishga urindi.
Kamida 39 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Qurbonlarning aksariyati bolalar va ayollardir.
Rasmiylar halok bo‘lganlarning oilalariga bir million rupiy (taxminan 11 ming dollar) to‘lab berish va voqea sabablarini o‘rganishga va’da berdi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi voqeani “o‘ta qayg‘uli baxtsiz hodisa” deb atadi va jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tiladi.
Hindistonda bunday hodisalar uchrab turadi: birgina joriy yilning o‘zida diniy bayramlar va sport tadbirlari vaqtidagi tiqinlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter