Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Investorlar eng ko‘p ishonadigan mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

Investorlar eng ko‘p ishonadigan mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

Foto: Getty Images

2026-yilda sarmoyadorlar ishonchi bo‘yicha yetakchi davlatlar reytingi tuzildi. Tadqiqot xalqaro kompaniyalarning 507 nafar top-menejeri o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslangan bo‘lib, ular yaqin uch yil ichida investitsiya kiritish uchun eng jozibador mamlakatlarni baholadilar.

O‘tgan o‘n yil ichida ushbu reyting yetakchisi o‘zgarmadi — AQSh. Bu Amerika iqtisodiyoti nima uchun kuchli ekanligiga javoblardan biri. Eng sezilarli o‘zgarish Xitoy mavqeining zaiflashishi bo‘ldi. Investitsion jozibadorlik bo‘yicha 2016-yilda ikkinchi o‘rinni egallagan Xitoy 2026-yilda to‘rtinchio‘ringa tushib ketdi. Kanada — ikkinchi, Yaponiya — uchinchi o‘rinda.

Eng yirik investitsiya yo‘nalishlari o‘ntaligiga Saudiya Arabistoni va BAA ham kirdi. Biroq Fors ko‘rfazida davom etayotgan mojaro ikki davlatning investorlar uchun jozibadorlik maqomini saqlab qolish qobiliyatini shubha ostiga qo‘ymoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring