Kuchli shamol Ozodlik haykalini ag‘darib tashladi — Braziliya
Braziliya janubidagi Guayba munitsipalitetida 15-dekabr kuni kuchli shamol Ozodlik haykalining 24 metrli nusxasini ag‘darib yubordi.
Haykal 2020-yilda o‘rnatilgan va muhandislar tomonidan sertifikatlangan edi. Haykalning balandligi tagsupasini ham qo‘shganda 35 metr, deb xabar berdi Free Press Journal.
Foto: Folha PE
Qulagan haykalning boshi va mash’al ko‘targan qo‘li uzilib ketgan.
Xabarga ko‘ra, o‘sha kuni 90 km/soat tezlikda shamol ko‘tarilgan. Jabrlanganlar yo‘q.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter