Lukashenko turli mamlakatlarning 123 nafar fuqarosini afv etdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko turli mamlakatlarning 123 nafar fuqarosini afv etdi.
Ular josuslik, terrorchilik va ekstremizmda ayblanib sudlanganlar, deb yozmoqda Belarus matbuoti.
«Belarus Ukrainaga 5 nafar qamalgan fuqaromizni qaytardi», — deb bayonot berdi prezident Zelenskiy.
Belarusda ozodlikka chiqarilganlar orasida 2022-yilgi Nobel tinchlik mukofoti laureati Ales Belyaskiyning ham nomi keltirilgan, u hozirda Litvada, deyiladi xabarlarda.
Shuningdek, Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Viktor Babariko, muxolifatchi Mariya Kolesnikova, basketbol hakami Aleksandr Siritsa, Polsha fuqarosi Roman Xaluza — afv etilganlar ro‘yxatida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter