Netanyahu Livan bilan muzokaralarga rozi bo‘ldi. Ammo zarbalar davom etmoqda
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga rozilik bildirdi. Biroq shu bilan birga u Isroil armiyasi «Hizbulloh»ga qarshi zarbalarni davom ettirishini ma’lum qildi.
Manbalarga ko‘ra, Isroil va Livan o‘rtasidagi muzokaralar kelasi hafta Vashingtonda o‘tkazilishi mumkin.
Hozirgi paytda mintaqada e’lon qilingan vaqtinchalik sulh mustahkam emas. Isroil tomoni Beyrutga hujumlarni kuchaytirmoqda, Eron esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni saqlab qolmoqda.
Shu bilan birga, Islomobodda AQSh va Eron o‘rtasida doimiy kelishuvga erishish bo‘yicha muzokaralar boshlangan.
So‘nggi zarbalar Livanda urush boshlanganidan beri eng qonli kun sifatida qayd etildi. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan raqamlarga ko‘ra, bir kun ichida 300 dan ortiq odam halok bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, avvalroq Axios nashri Livan hukumati va AQSh ma’muriyati Isroilga murojaat qilib, kelasi hafta boshlanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar oldidan «Hizbulloh»ga qarshi zarbalarni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘ragani aytilgandi. Oq uy hozircha ushbu ma’lumot bo‘yicha rasmiy izoh bergani yo‘q.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter